Madaniyat va turizm vazirligi hamda tizim tashkilotlari vakillari "Men donorman" xayriya aksiyasida faol ishtirok etdi
22 Feb, 2023 - 17:53
513
Axborot va matbuot xizmati
Bugun, Madaniyat va turizm vazirligida "Men donorman" xayriya aksiyasi o'tkazildi.
Unda vazirlik va tizim tashkilotlaridan ko'ngilli xodimlar, taniqli aktyor va aktrisalar ishtirok etdi.
Mazkur tadbir Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.