Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi
22 Feb, 2023 - 16:48
600
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 22-fevral kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yig‘ilishni ochib, teatr san’ati oldida turgan ayrim masalalar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikrlashildi.
Shundan so‘ng, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov hamda teatr bosh rejissyori etib Doston Haqberdiev tayinlanganligi rasman e’lon qilindi.
Azim Mullaxonov san’atkor o‘laroq teatr va aktyorlikdan uzoq bo‘lsada, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri uning hayotida muhim o‘ringa ega.