Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi ishchi guruhi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
22 Feb, 2023 - 16:21
788
Axborot va matbuot xizmati
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida, institut rahbariyatining taklif va muammolarni tingladi hamda sohadagi dolzarb masalalarni hal qilish yuzasidan fikr almashdi.
Qolaversa, ta’lim borasida olib borilayotgan islohotlar zamirida yurtboshimiz tomonidan madaniy ta’limga alohida urg‘u berildi.
Bundan tashqari, ishchi guruh institutdagi axborot-resurs markazi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, iqtidorli yigit-qizlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lishdi.