Folklor sanʼatimizning munosib davomchilari borligi quvonarlidir
21 Feb, 2023 - 13:13
556
Axborot va matbuot xizmati
Iqtidorli yoshlar jam bo‘lgan qaysi davraga kirmang, albatta, ijobiy kuch olasiz. Ular zamon bilan hamnafas qadam tashlash barobarida, milliy qadriyatlarimiz targ‘ibotida ham faol.
Xususan, mamlakatimizda yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasidagi ezgu saʼy-harakatlarning yana bir amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan “Kelajak” bolalar folklor jamoalari respublika festivali ishtirokchilarini ham ayni shu siraga kiritish mumkin.
Tanlovda nafaqat g‘oliblar taqdirlandi, balki 10 ta turli nominatsiya bo‘yicha eng faol iqtidorli o‘g‘il-qizlar ham munosib rag‘batlantirildi.
Festivalni kuzata turib, do‘mbira, chanqovuz, dutor, doira, nay kabi milliy cholg‘u asboblari orqali o‘z iqtidorini namoyon etgan yoshlarimiz timsolida milliy folklor sanʼatimizning munosib davomchilari borligidan quvondik.
Bugun yoshlarimizga barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xalqimiz, Prezidentimizning navqiron avlodga bo‘lgan ishonchi katta. Umid qilamizki, o‘g‘il-qizlarimiz ana shu imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, bildirilgan ishonchni oqlash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni dunyoga tarannum etish yo‘lida yana-da shijoat bilan ijod qilishadi.
Mehnat qilish va izlanishdan aslo to‘xtamang, aziz yoshlar!
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat va turizm vaziri