Ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi

21 Feb, 2023 - 10:40
621
Ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi

Axborot va matbuot xizmati

Diyorimizdan yetishib chiqqan atoqli allomalar o‘zlarining bebaho asarlari, ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan o‘rta asrlardagi Birinchi va Ikkinchi Sharq Renessansi rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Masalan, astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining sathini o‘lchovchi noyob uskuna yaratib, ilm-fan ravnaqi, xususan, Misr taraqqiyotida katta iz qoldirgan.

Shu maʼnoda, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona aloqalar uzoq o‘tmishga borib taqaladi, deyishga asoslar yetarli. Davlatimiz rahbarining Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatga yo‘l olar ekanmiz, ulug‘ bobomiz bosib o‘tgan, ilmiy izlanishlar olib borgan manzillarni ziyorat qilish maqsadi qalbimizda ajib his-tuyg‘ular uyg‘otdi.

Safarimizning ilk kunidanoq aynan buyuk ajdodimiz, zabardast olim, g‘arbda “Alfraganus” nomi bilan tanilgan Ahmad Farg‘oniy yaratgan innovatsiya va shu asosdagi ilmiy qarashlarini qog‘ozga tushirgan manzilda bo‘ldik. 

Bu joyda misrlik tarixchining Ahmad Farg‘oniy haqidagi fikrlari, jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi xususidagi eʼtiroflarini tinglab, shunday buyuk zotlarning avlodi ekanimizdan yana bir karra faxrlandik. Albatta, faqat faxrlanish emas, balki ulug‘ allomalarimizga munosib bo‘lish istagi har birimizning, ayniqsa, yoshlarimizning ko‘nglidan mustahkam joy olishi zarur. 

Zero, bugungi imkoniyatlar, Prezidentimiz boshchiliklarida Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar masʼuliyati har birimizni shu ezgu maqsad sari undaydi.

 

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat va turizm vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash