Yulduz Rajabova: “Mendirman Jaloliddin” seriali men uchun katta tajriba bo‘ldi”

20 Feb, 2023 - 15:51
540
Yulduz Rajabova: “Mendirman Jaloliddin” seriali men uchun katta tajriba bo‘ldi”

Axborot va matbuot xizmati

“Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etgan taniqli aktrisa Yulduz Rajabova serial uning uchun katta tajriba bo‘lganini ta’kidladi. Aktrisa serialda Jaloliddin Manguberdining sevgilisi — Qutlibeka obrazini gavdalantirgan.

“Serial sababli katta bir ijodkorlar jamoasi bilan tanishdim, ular bilan bir oiladek boʻlib ketdik. Eng muhimi, kasbiy tajriba orttirdim”, – dedi aktrisa.

Yulduz Rajabova, shuningdek, Qutlibeka obraziga ham to‘xtaldi.

“Aslida, oʻxshash tomonlarimiz koʻp. Masalan, qaysarligi, qatʼiyati va oriyati, baʼzan shoshilinch qarorlar qabul qilishi menga o‘xshaydi, — dedi u. — Shunday boʻlsa-da, Qutlibekaning yaxshi koʻrgan insonidan sir yashirgani va bundan oʻzi ham aziyat chekkanini yoqlamayman. Misol uchun, Qutlibeka ukasi Jahongirning asir tushganini Jaloliddindan yashirdi. Men esa buni aytgan boʻlardim. Aslida, biror qaror qabul qilishdan avval yaqinlarim bilan, albatta, maslahatlashish zarurligini, ularning yordamiga muhtojligimni doim his qilib turaman”.

Ma'lumot uchun, ayni damda "Mendirman Jaloliddin" serialining 2-mavsumi muxlislar e'tiboriga havola qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash