Sezgin Erdemir: "Mendirman Jaloliddin" serialida buyuk tarixiy shaxs siymosini gavdalantirish imkoniga ega bo‘ldim"

19 Feb, 2023 - 09:22
470
Sezgin Erdemir: "Mendirman Jaloliddin" serialida buyuk tarixiy shaxs siymosini gavdalantirish imkoniga ega bo‘ldim"

Axborot va matbuot xizmati

Sezgin Erdemir: "Mendirman Jaloliddin" serialida buyuk tarixiy shaxs siymosini gavdalantirish imkoniga ega bo‘ldim"

"Mendirman Jaloliddin" serialida "Temur Malik" rolini ijro etgan turk aktyori Sezgin Erdemir o‘z obrazi haqida fikr bildirdi. 

“Mendirman Jaloliddin” serialida buyuk tarixiy shaxs — Temur Malik siymosini gavdalantirish imkoniga ega bo‘ldim. Bu obrazning oʻziga xos jihatlari shundaki, bugun ham, tarixda ham Temur Malik singari sadoqatli, zakiy insonlar hamisha qadrlangan va davlat boshqaruvi, elchilik masalalari, harbiy yurishlarda katta rol oʻynashgan. Temur Malik siymosini jonlantirish asnosida nafaqat ayni shu obraz, balki har bir davrda oʻz vazifasiga masʼul, unga ishonganlarga aslo xiyonat qilmaydigan, yelkasini tuta oladigan, suyanadigan qahramonlar, mard insonlarning xarakterini ochib berishga harakat qildim. 

Suratga olish jarayonlarida oʻzbek aktyor, aktrisalari bilan hamkorlikda ishlash juda maroqli boʻldi. Boshqa-boshqa tillarda gaplashsak-da, bir-birimizni tushunib, oʻz rollarimizni sidqidildan ijro etdik. Suratga olish jarayonlari boshlanishi bilan barchamiz qaysi yurtdanligimiz, tillarimiz farqli ekanligini unutib, obrazga kirishamiz, chegara bilmas tuygʻular oʻrtaga chiqadi va hamma oʻz obrazida yashashni boshlaydi. 

Oʻylaymanki, "Temur Malik" obrazi orqali Jaloliddinning ustozi, har ishda maslahatchisi va eng ishongan, suyangan doʻsti boʻlgan yana bir xalq qahramonini jonlantirganim tomoshabinlarga manzur boʻladi", — dedi Erdemir.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash