Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumani madaniyat bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

19 Feb, 2023 - 09:16
569
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumani madaniyat bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Axborot va matbuot xizmati

Joriy yilning 17 fevral kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejaga muvofiq hududlarda turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar kompleksi masalalari, taalluqli ob’ektlar o‘rganish maqsadida Boysun tumani madaniyat bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda Boysun tumani madaniyat bo‘limida 4 ta xalq unvoniga ega bo‘lgan ansambllar shuningdek O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Shuhrat medali”, “Madaniyat va san’at fidokori”, “Do‘stlik ordeni” sohiblari o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Tuman, viloyat, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, festivallarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Jamoa o‘zining teatrlashtirilgan folklor dasturlari bilan butun respublikamiz balki xorijiy sayyohlar e’tiborini qozonishgan.

Viloyat hokimi tuman madaniyat bo‘limi xodimlari bilan suhbat qilib, ularning taklif mulohazalarini tinglar ekan, jamoaning faoliyatini bo‘limda mavjud kamchiliklar va kerakli bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlanishi yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash