Toshkent viloyatida “Jeep-sprint” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtadi
19 Feb, 2023 - 09:03
458
Axborot va matbuot xizmati
Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Avto-moto turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Jeep-sprint” xalqaro musobaqasini tashkil etmoqda.
Viloyatning noyob turistik salohiyatini keng targʻib etish hamda yoshlarni ushbu turizm yoʻnalishlariga qiziqtirishga qaratilgan tadbir joriy yilning 25-26-fevral kunlari Boʻstonliq tumanining “Oqsoqotasoy” hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Hozirda turnirga qizgʻin tayorgarlik koʻrilmoqda.
Aytish joiz, mazkur musobaqaga xorijiy mehmonlarning oqimi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.