Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi ishchi guruhi Surxondaryoda
17 Feb, 2023 - 16:09
582
Axborot va matbuot xizmati
Shu kunlarda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “Madaniyat va san’at ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari” ijrosini ta’minlash maqsadida qo’mita ishchi guruhi Surxondaryoda bo‘lib turibdi.
Dastlabki manzil Madaniyat va turizm boshqarmasi tizimidagi madaniyat va sanʼat muassasalari baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati bo'ldi.
O'rganishlar davomidan, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va dars jarayonlari ko'zdan kechirildi.
Qolaversa, 150 oʻringa moʻljallangan zamonaviy turar joyi binosidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab-internati bog'ida manzarali ko'chatlar ekildi.