Vazirlik va mentorlar hamkorligi

17 Feb, 2023 - 11:40
560
Vazirlik va mentorlar hamkorligi

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni keng ommaga tanitish va targ‘ib qilish, moddiy va ma’naviy tomondan rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, respublika bo‘ylab volontyorlar maktablarining salohiyatini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 14-16 fevral kunlari Toshkent shahrida respublika bo‘yicha “Volontyorlar maktabi” mentorlari va eko volontyorlar uchun respublika o‘quv seminari tashkil etildi.

Unda AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi dasturining O‘zbekistondagi rahbari Fae Haselkorn, vazirlikning Seleksiya va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Farruh Yunusov, inklyuziv loyihalar bo‘yicha mutaxassis Mirsaid Muhtarov hamda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidovalar ishtirok etishdi.

Mentorlar bilan uchrashuv davomida endilikda har bir mentor vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ular tomonidan taklif etilgan loyihalarni amalga oshirishda amaliy yordamlar ko‘rsatilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, kelgusida yoshlarning tajriba va salohiyatini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarga mentorlar keng turda jalb etilishini ma’lum qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash