IMTM-2023: O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar “World Jewish Travel” xalqaro platformasiga joylashtirildi
16 Feb, 2023 - 11:24
746
Axborot va matbuot xizmati
IMTM-2023: O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar “World Jewish Travel” xalqaro platformasiga joylashtirildi
Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2023 Xalqaro O‘rtayer dengizi sayyohlik yarmarkasi (“The International Mediterranean Tourism Market”) davom etmoqda. Yarmarkada Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ hamda sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Bugun, yarmarkaning ikkinchi kunida “Ennis Culture Centre” madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, yarmarka doirasida “World Jewish Travel” notijorat tashkiloti saytida (www.worldjewishtravel.org) O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar ham joylashtirildi.
Ma’lumot uchun, World Jewish Travel (WJT) tashkiloti yahudiylarning sayohatini targ'ib qilish, sayt foydalanuvchilariga butun dunyo bo'ylab yahudiy madaniyatini kashf etish va his qilishda yordam berishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, yarmarkada Isroil turoperatorlari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari va qo‘shma turlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Qolaversa, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi masalalari ham kun tartibidan o‘rin olgan.