Ozarbayjon delegatsiyasi O‘zDSMIda

15 Feb, 2023 - 10:05
500
Ozarbayjon delegatsiyasi O‘zDSMIda

Axborot va matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Ozarbayjon Respublikasining bir qator davlat tashkilotlari mutasaddilari, xususan, “Islohotchi yoshlar ijtimoiy harakati hayat a’zosi Ferid Shahbozli, Editor.az. portali bosh muharriri, Ozarbayjon yoshlar fondi faxriysi Ibrohim Mehdiyev, Ozarbayjon matbuot shorosi idora hayati azosi Hojiboy Haydarli, "Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam" ijtimoiy birligi a'zosi, Azxeber.com portali rahbari Efseliddin Agalarov,Tribunaportali rahbari Elisher Ahad, Boku shahar ijro hokimiyati masul vakili Mirposhsho Bayramovlar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya azolari OzDSMIda faoliyat olib borayotgan Ozarbayjon madaniyat markazini, institut kinopavilyoni, oquv-studiosi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Binobarin, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning dars mashg‘ulotlarida qatnashdi. Qolaversa, ikki tomonlama samarali ilmiy-tadqiqot aloqalari va talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham turli kelishuvlarga erishildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash