Yosh ijodkorlar uchun kasting bo‘lib o‘tdi
11 Feb, 2023 - 17:10
576
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 11 fevral kuni "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi hamda Jizzax viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat musiqali drama teatrida Respublikada o‘tkaziladigan 8 mart "Xalqaro xotin qizlar kuni" hamda "Navro‘z" umumxalq bayram tadbirida yosh estrada xonandalarini ishtirokini taʼminlash maqsadida kasting uyushtirildi. Unda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar yangi ovozlar ishtirok etdi. Kastingni aktyor va xonanda Jahongir Poziljonov, rejissor va prodyuser Javlon Shodmonov hamda “Million" jamoasi aʼzosi Davron Kabulovlar olib bordi. Natijada 5 nafar isteʼdod egalari tanlab olindi