Xotira – abadiy, qadr – muqaddas

09 Feb, 2023 - 16:04
578
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas

Axborot va matbuot xizmati

Hayoti davomida doimo ezgu amallar qilishga intiladigan insonlar, albatta, oʻzlaridan yaxshi nom qoldirishadi. Ular bu yorugʻ olamni tark etganlarida, ayni shu goʻzal fazilatlari ila xotirlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, professor Temur Mahmudov ham soha rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi bilan eslanadi.

Temur Mahmudov 1943-yil 18-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1978-2014 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining yetakchi sozandasi va musiqa rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Keyinchalik "Glier" nomidagi musiqa maktabida faoliyat olib borgan.

Bugun O‘zbek milliy maqom san'ati markazi xodimlari ustozning xonadonida bo‘lib, uning yorqin xotirasi, hayoti davomida ro'y bergan qiziq voqealar yodga olindi, qolaversa,  turmush o‘rtog‘i Yoqutxon aya tashabbusi bilan ustozga tegishli bo‘lgan noyob eksponatlar O‘zbek milliy maqom san'ati muzeyi fondiga topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash