Buyuk Navoiyga ehtirom

09 Feb, 2023 - 15:00
570
Buyuk Navoiyga ehtirom

Axborot va matbuot xizmati

Mamlakatimizda buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda. Ulug‘ bobomiz hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan turli adabiy kechalar, mushoiralar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

An’anaga ko‘ra, bugun erta tongdan poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga davlat va jamoat arboblari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, taniqli olim va ijodkorlar, madaniyat va san’at namoyandalari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurib, Hazrat Navoiyga ehtirom ko‘rsatishdi.

Xususan, Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi ushbu muazzam maskandagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.


Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda keyingi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, kecha taqdimoti o‘tkazilgan “Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi” 30 jildlik to‘plami ham shunday ezgu sa’y-harakatlarning yana bir yorqin ifodasi ekani qayd etildi.

Tadbirda buyuk shoir ijodidan namunalar o‘qilib, g‘azallari asosida ijro etilgan mumtoz qo‘shiqlar yangradi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash