Navoiy merosi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega
09 Feb, 2023 - 14:26
523
Axborot va matbuot xizmati
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida o‘z ifodasini topgan ezgu g‘oyalar yosh avlodni yuksak insoniy fazilatlar sohibi etib tarbiyalashda beqiyos o‘rin tutadi. Shuning uchun ham o‘g‘il-qizlarimizni Hazrat ijodiga oshno etish, o‘qib-o‘rganishlari, mohiyatini chuqur anglashlariga ko‘maklashish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyatga egadir.
Ulug‘ so‘z san’atkori tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ayni kunlarda joylarda tashkil etilayotgan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham shu ezgu maqsadga qaratilgan.
Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi “An’anaviy havaskorlik ansambli rahbari” hamda “Xalq cholg‘ulari ansambli, orkestri rahbari” bo‘limlari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qilib, mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.