Мa’rifiy tadbir tashkil etildi

09 Feb, 2023 - 14:22
459
Мa’rifiy tadbir tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Navoiy shahrida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uning doirasida ishtirokchilar – davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, yoshlar bobokalonimiz haykali poyiga gullar qo‘yib, hurmat ko‘rsatishdi.  

Tadbirning asosiy qismi Farhod madaniyat saroyida davom etdi. Badiiy kechada Alisher Navoiy g‘azallari asosida yaratilgan mumtoz qo‘shiqlar kuylanib, asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash