Yaponiya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

08 Feb, 2023 - 15:43
534
Yaponiya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Axborot va matbuot xizmati

Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug'bek A'zamov Yaponiyaning “Sumitomo” korporatsiyasiga tegishli “Summit Motors Central Asia” xorijiy kompaniyasi bosh direktori Daisuke Ichihira hamda korporatsiyaning O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo davlatlariga mas’ul vakili Akira Ito bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, “Summit Motors Central Asia” xorijiy kompaniyasi 2019-yildan buyon "Toyota" kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.

Uchrashuvda xorijiy kompaniyalarning mamlakatimiz turizm sohasidagi transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlarini takomillashtirishda “Toyota” brendi ostidagi turistik sinfga mansub M2 va M3 toifasidagi avtomobillardan keng foydalanish yuzasidan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Qolaversa, uchrashuvda xorijiy kompaniyalar tomonidan “Toyota” brendi ostidagi turistik sinfga mansub avtomobillarni turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli lizing shartlari asosida ijaraga berish hamda mamlakatimizga xorijiy davlatlardan charter aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakuniga ko’ra,  mamlakatimizning turizm salohiyatini mazkur kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan turistik sinfga mansub M2 va M3 toifasidagi avtotransport vositalarida targ‘ibot qilishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash