Teatr – tarbiya maskani

07 Feb, 2023 - 10:51
613
Teatr – tarbiya maskani

Axborot va matbuot xizmati

Ma’lumki, o‘zbek teatr san’atini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, badiiy  sahna asarlari sonini oshirish maqsadida dramaturgiyaning nodir durdonalari sahnalashtirilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 5-fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida M.Shamxalov “Qaynona” asari asosida yaratilgan spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Spektakl O'zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov va badiiy kengash a’zolari tomonidan muhokama etildi. Dramatik to‘qnashuvlar va yorqin bo‘yoqlarga boy bo‘lgan spektakl soha mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, jamoatchilikning olqishiga sazavor bo‘ldi.

Mazkur sahna asari taniqli ozorbayjonlik rejissor A.Askarov tomonidan sahnalashtirilgan.

Spektaklning premyerasi sanasi tez orada ma’lum qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash