Inson qadri uchun beminnat xizmat

07 Feb, 2023 - 09:42
525
Inson qadri uchun beminnat xizmat

Axborot va matbuot xizmati

To‘y har bir xalq, millat hayotida nihoyatda e’zozlanadigan, baxt-quvonch olib keladigan, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan, ularga shodlik, xursandchilik bag‘ishlaydigan ajoyib qadriyatlardan biri hisoblanadi. Yurtimizda ko‘p asrlar davomida to‘ylar va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq o‘ziga xos an’ana va  urf-odatlar yuzaga kelgan.

Marosim munosabati bilan san’atkorlar tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar bazmga yanada fayz berishi bilan ahamiyatli.

Bu borada “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan “to‘yga to‘yona bilan” shiori ostida xalqimizning unutilmas kunlariga yanada fayz berish, yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashish an’anaga aylanib ulgurdi.

Jumladan, poytaxtimizdagi “Olimpiya” to‘yxonasida baxt qasrini qurayotgan ikki yoshni tabriklash uchun xalqimiz suygan san’atkor Nilufar Usmonovaning tashrifi kutilmagan syurpriz bo‘ldi.

Zero, inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir kishining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.

"O'zbekkonsert" davlat muassasasi ushbu chellenjda jonbozlik ko'rsatgani uchun xalqimiz suygan xonanda Nilufar Usmonovaga minnatdorlik bildiradi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash