“Richard III” tarixiy asari yana sahnada
06 Feb, 2023 - 17:13
533
Axborot va matbuot xizmati
Ma’lumki, o‘zbek teatr san’atini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, respublika teatrlarda badiiy barkamol sahna asarlari sonini oshirish maqsadida teatrlarda xorijiy dramaturgiyaning nodir durdonalari sahnalashtirilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 4-fevral kuni Buxoro viloyati musiqali drama teatrida Sheksperning “Richarch III” asari asosida yaratilgan spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov va bir guruh hay’at a’zolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.
Mazkur sahna asari taniqli rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan.
Spektaklning premyerasi sanasi tez orada ma’lum qilinadi.