Eng yaxshi madaniyat tashkiloti

05 Feb, 2023 - 15:21
868
Eng yaxshi madaniyat tashkiloti

Axborot va matbuot xizmati

Xalqimizning ma’naviyati, tafakkuri milliy san’atimiz va madaniyatimizga bevosita bog‘liqdir.

Mamlakatimizda san’atimizni yanada ravnaq toptirish, madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan bir qator saoha vakillarini rag’batlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ustoz san’atkorlar mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, muvaffaqiyatlari, mehnatlari uchun berilgan baho esa unga qoʻshqanot boʻladi, shubhasiz.

Binobarin, Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi madaniyat tashkiloti” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Mazkur tanlovda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi “Eng yaxshi madaniyat tashkiloti” deya e’tirof etildi.

Jumladan, bugun maktab ma’muriyatiga “Damas” avtomobilini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, mutasaddilar tomonidan maktabda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirilib, dars oʻtish jarayonlari, tashkil etilgan xavaskorlik jamoalari faoliyati, oʻquv metodikasi yuzasidan tajriba almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash