Madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi

05 Feb, 2023 - 14:45
436
Madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi

Axborot va matbuot xizmati

So‘nggi yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, madaniyat va turizm vazirligi tomonidan xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash borasida jonbozlik ko'rsatib kelmoqda.

Binobarin, yosh iqtidor egalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida, bugun Qashqadaryo viloyatidagi 60 ta madaniyat markazlari uchun 75 ta dutor va 26 ta do'mbira hamda 5 nomdagi 300 dan ortiq qo'llanmalarni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda, yurtboshimiz rahnamoligida madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish borasida fikrlar almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash