“Competizione dell' Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovining final bosqichi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

04 Feb, 2023 - 19:15
524
“Competizione dell' Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovining final bosqichi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ–64-son qaroriga asosan, aholi ayniqsa, yoshlar uchun jahonning mashhur opera asarlarini namoyish etish va ijodkorlar san’atidan bahramand etish maqsadida nufuzli xalqaro tanlovlarning yakuniy bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish choralarini ko‘rish belgilangan.

Shu munosabat bilan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda “Competizione dell'Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovi tashkilotchisi “Мост искусств” madaniyat sohasidagi loyihalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumga muvofiq, “Competizione dell'Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovi final bosqichini 2023-yilning sentabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirldi.

Mazkur tanlovni asosiy tashkilotchisi “Мост искусств” madaniyat sohasidagi loyihalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi raisi, “Competizione dell'Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovi Badiiy rahbari Xans-Yoaxim Fray bilan Madaniyat va turizm vazirligining mas’ul xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Xans-Yoaxim Fray Germaniyalik mashhur opera xonandasi, teatr rejissori, “Sirius” – “Талант и успех” jamg‘armasi va “Competizione dell'Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovi Badiiy rahbari, Rossiya Federatsiyasi Katta teatri bosh direktorining maslahatchisi, Drezden opera bali direktori.

Uchrashuv davomida “Competizione dell'Opera” italiya operasi vokalist-ijrochilari Xalqaro tanlovi finalining tashkiliy masalalari kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash