Hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
03 Feb, 2023 - 17:21
719
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 2-3-fevral kunlari Madaniyat va turizm vazirligining topshirig‘iga asosan, Andijon viloyati bolalar musiqa va sanʼat maktablari direktorlari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbariyatining hamkorlik doirasidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda hududlarni sohaviy kadrlar bilan bosqisma-bosqich taʼminlash, oʻquv-uslubiy hamda ilmiy-ijodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Qolaversa, taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi ishlarni sarhisob qilish bilan birga, madaniy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Hamkorlik uchrashuvlari yakunida ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanib, kelgusidagi istiqbolli rejalar kelishib olindi.