Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

26 Jan, 2023 - 13:32
660
Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Axborot va matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari U.Azamov va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Madaniyat instituti prezidenti M.Bubriboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

IHTning Madaniyat instituti Mintaqaviy madaniy rivojlanish instituti negizida tashkil etilgan bo‘lib, tashkilotga a’zo davlatlar hududida keng ko‘lamli madaniy tadbirlar bo‘yicha tashabbuskor, muvofiqlashtiruvchi, moliyalashtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyani bajaradi.

Jumladan, madaniyat sohasidagi ta’lim muassasalari, muzey va kutubxonalar, televideniye hamda tahririyatlar, madaniy meros va sport yo‘nalishlarida a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash instititning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. 

Institutning yillik budjeti Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yillik a’zolik badali orqali shakllantiriladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning IHT doirasidagi tadbirlarda ishtiroki, tashkilotga a’zo davlatlar bilan madaniy-gumanitar hamda turizm sohalaridagi hamkorlik, kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash