MUKOFOT MUBORАK!
30 Aug, 2021 - 15:01
738
Mukofotlash to`g`risida
Navoiy viloyat hokimligi qabullar zalida viloyat tashkilot, korxona, muassasalarining jamoat ishlarida faol qatnashgan, ijtimoiy hayot ravnaqiga munosib ulush qoʼshgan bir guruh vakillarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan davlatimiz mustaqilligining oʼttiz yilligi arafasida viloyatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish yoʼlida samarali mehnati eʼtirof etilib, viloyat Madaniyat boshqarmasi boshligʼi Niyazov Nodir Ramazonovich “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish yoʼlida Nodir Ramazonovichga sihat-salomatlik, kuch-gʼayrat, shijoat tilaymiz. Mukofot muborak boʼlsin!