Kadrlar malakasini oshirish bugungi kun talabi

07 Jan, 2023 - 16:37
768
Kadrlar malakasini oshirish bugungi kun talabi

Axborot va matbuot xizmati

So‘ngi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Haqiqatan ham, bugun xodimlar salohiyatini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ushbu izchillik har bir jabhada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarda yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan ham madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining malakasini oshirish borasida sezilarli ishlar qilinmoqda.

Xususan, Madaniyat vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 540-sonli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 4–7-yanvar kunlari  professional ta’lim muassasalari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xoreografiya sinfi o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 36 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari tinglovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.

Asosiy maqsad esa, raqs san’atida ustoz-shogird an’analariga asoslangan holda kadrlar salohiyati va ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirishdan iborat.

Zero, xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish jamiyat rivojlanishini ta'minlovchi asosiy mexanizmdir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mobaynida maktab direktorlari, o‘rinbosar, bosh hisobchi va kutubxonachilar uchun ham malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash