“Yangi yilda - Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat”
07 Jan, 2023 - 12:17
995
Axborot va matbuot xizmati
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli protokoliga asosan, joriy yilning 2-10 yanvar kunlari “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida “Yangi yilda - Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Yoshlar turizm haftaligida doirasida belgilangan rejaga ko‘ra, toshkentlik o‘quvchi-yoshlar uchun Samarqand shahriga 2 guruhga bo‘lingan holda, 2 kunlik sayohatlar uyushtirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur dastur poytaxtimizda tahsil oluvchi “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari, nogironligi bor o‘quvchilar, shuningdek, Respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarnini o‘z ichiga qamrab olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilar mazkur muddat mobaynida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish bilan bir qatoirda bir qancha madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan Yangi yil archasi bayramida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan