Yurt fidoyilari e'tirofda

06 Jan, 2023 - 16:08
743
Yurt fidoyilari e'tirofda

Axborot va matbuot xizmati

Xalqimizning ma’naviyati, tafakkuri milliy san’atimiz va madaniyatimizga bevosita bog‘liqdir.
Mamlakatimizda san’atimizni yanada ravnaq toptirish, madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan bir qator saoha vakillarini rag’batlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ustoz san’atkorlar mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, muvaffaqiyatlari, mehnatlari uchun berilgan baho esa unga qoʻshqanot boʻladi, shubhasiz.

Jumladan, Yangi yil arafasida O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida ustoz san'atkor, elimiz ardog‘idagi ijodkor, O‘zbekiston xalq artisti, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi raisi Yoqub Ahmedovga Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov “San'at va madaniyat fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi.

Darhaqiqat, bu kabi mukofotu eʼtiroflarga munosiblik hissi kishini qanchalik quvontirish bilan bir qatorda undanda koʻp masʼuliyat yuklaydi.
Chin maʼnoda ragʻbatga, ishonchga munosiblik zalvori esa kishini yanada shijoatli boʻlishga  undaydi.
Zero, inson qadri yuksalayotgan yurtimizda qay sohada bo‘lmasin qilingan mehnat e'tiborsiz, e'tirofsiz qolmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash