Jasoratning so‘nmas siymosi
05 Jan, 2023 - 12:36
709
Axborot va matbuot xizmati
Jasoratning so‘nmas siymosi, g‘animga aslo tiz cho‘kmagan, aksincha g‘ururi, ori, jasorati bilan hatto dushmanida havas uyg‘otgan xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi siymnosi orqali vatanimiz ozodligi kurashchisi, dovyurak sarkarda, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan xalq qahramoni siymosi orqali millatimizga xos milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash borasida turli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari tomonidan “Jaloliddin” deb nomlangan yangi raqs spektaklining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda milliy kompozitorlik amaliyotida va xoreografiya san’atida ilk bora o‘zbek o‘g‘loni Jaloliddin Manguberdi siymosining xoreografiya va musiqa san’ati orqali gavdalantirish va abadiylashtirish maqsad qilib olingan.
Asar musiqasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Bastakorlik san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabasi, yosh kompozitor Bekzod Tursunboev va ilmiy-ijodiy rahbari O‘zDK “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi professori Oydin Abdullaeva rahbarligida yaratilgan.
Qayd etish kerakki, mazkur kompozitsiya o‘zbek xalqining buyuk mard o‘g‘loni, jasur sarkarda, Xorazmshohlar davlatining so‘ngi hukmdori Jaloliddin Manguberdi haqida hikoya qiladigan birinchi innovatsion-ijodiy namuna sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.