Sarhisob
31 Dec, 2022 - 18:08
689
Axborot va matbuot xizmati
2022-yil yakunlari bo‘yicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining kutubxonalari 11 nomdagi 58 mingdan ziyod o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlandi.
Shuningdek, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tahsil olayotgan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari 1900 nusxada o‘quv adabiyoti sifatida tegishli taʼlim muassasalariga yetkazildi.
Bundan tashqari yana 8 nomdagi o‘quv adabiyotlari nashrga tayyor holga keltirilgan bo‘lib, 2023-yilning 1-choragi davomida 20 mingdan ziyod nusxada chop etilishi rejalashtirilgan.