Ulugʻlar shukronasi, fidoyiligi katta ibrat

30 Dec, 2022 - 10:11
657
Ulugʻlar shukronasi, fidoyiligi katta ibrat

Axborot va matbuot xizmati

Odam taftini odam oladi, degan gap bor xalqimizda. Ayniqsa, bayramlar arafasida ulugʻ yoshdagi insonlarni yoʻqlash, ular suhbatidan bahramand boʻlishda hikmat koʻp. Biz bu orqali, avvalo, maʼnaviy ozuqa olamiz. Qolaversa, yoshlarga ezgu qadriyatlarimizni oʻrgatib, anʼanalarimiz bardavomligiga hissa qoʻshgan boʻlamiz.

Mamlakatimizda Yangi yil shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda professor Aziz Toʻrayevdan xabar oldik. Muloqotimiz domlaning teran mulohazalari, hayotiy saboqlari, bugungi dorilomon kunlar shukronasi bilan kechdi.

Mehnat faoliyatini Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan Aziz Toʻrayev tuman yoshlar qoʻmitasi kotibi, viloyat “Bilim” jamgʻarmasi raisi, Oʻzbekiston kinematografiyasi raisi, Toshkent davlat madaniyat instituti rektori kabi turli masʼuliyatli vazifalarda ishlagan. Katta tajriba orttirgan. Koʻplab shogirdlar tarbiyalagan.

Domlaning ilm yoʻlidagi zahmatli, mashaqqatli va ayni paytda sharafli mehnati munosib eʼtirof etilib, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlangan.

Ochigʻi, shunday ulugʻ yoshda ham bildirgan taklif va mulohazalari, gʻayrat-shijoatlariga havas qildik. Xulosamiz shu boʻldiki, oʻz kasbini chin dildan sevgan inson qaysi yoshda boʻlmasin, hatto sochi oqargan pallalarda ham soha ravnaqi haqida qaygʻurishdan toʻxtamas ekan. Shuning oʻzi fidoyilikning haqiqiy namunasidir.

Domlaga sogʻlik, kuch-quvvat, tinchlik-xotirjamlik tilab, duolarini olib xayrlashdik.

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash