Uch avlod uchrashuvi
22 Dec, 2022 - 18:02
572
Axborot va matbuot xizmati
Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal anʼanaga aylangan. Ana shunday tadbirlardan biri To‘rtko‘l tumanida joylashgan O.Xudayshukurov nomidagi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirga mehnat faxriylari, yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi.
Muloqotda yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimizning yoshlik davridagi qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlari hamda keksalik gashti hurmat-ehtirom haqida fikrlar almashildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Qolaversa, hunarmandchilik mahsulotlari va bolalar ijodiyot maktablari o‘quvchilarining ijod namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan 8 nafar faol nuroniylar rag‘batlantirildi. Shuningdek, 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining xatna to‘yi o‘tkazildi.