Bolajonlar uchun shou-konsert dasturi namoyish etildi
22 Dec, 2022 - 16:13
497
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 21-dekabr kuni Turkiston san’at saroyida E.Azimov badiiy rahbarligidagi “Turkiston” kamer orkestri va “Aladdin” estrada va xoreografiya studiyasi ijodkorlarining katta shou konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida dirijyor M.Lutfullayeva boshchiligida dunyoga mashhur kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.
Qolaversa, mehmon san’atkorlar ijrosida yangragan “Historia de un amor”, “California Dreaming”, “Something new”, “Moves like Jagger”, “Arcade”, “Caruso”, “l surender”, “Lovely”, “Survivor” kabi sahna asarlari tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
O'zbekiston davlat filarmoniyasi matbuot xizmati