Milliy simfonik orkestrning "Sympho Disco 80-90" katta shou dasturi bo‘lib o‘tdi
19 Dec, 2022 - 13:22
740
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 17-dekabr kuni “Humo arena” muz saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Milliy simfonik orkestrining "Sympho Disco 80-90" katta shou dasturi bo‘lib o‘tdi.
Minglab muxlislar olqishi ostida o'tkazilgan konsert dasturida 80-90-yilning eng sara xitlari ijro etildi.
Konsert dasturida mashhur musiqiy guruhlardan Joy, Ase of base, Boney M, C.C. Catch, Ottawan, Bad Boys blue, Michael Jackson, Modern Talking, Bonjovi, Boney M larning repertuarlari yangradi.
Shuningdek, konsertda simfonik orkestr, xalqaro mukofotlar sovrindorlaridan Jasur Xudoyberdiyev , Lien Luu Lee , Anna Gurjiyeva, Andrey Prosbivirnov , Damir Fatxulin , Shoxruz Teshayev , Jasur Mirsagatov, Saidmurod Muratov va dirijyor Alibek Abduraxmanov tomonidan ijro etilgan eng sara xitlar 80-90-yillar atmosferasini yaratib, chinakam yangi yil kayfiyatini baxsh etdi.