“Mumtoz musiqaning sharqona an’analari: Ilm-fan va ta’lim” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
17 Dec, 2022 - 18:26
671
Axborot va matbuot xizmati
Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan musiqa san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi.
Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan.
Bugun yurtimizda musiqa san’atini o‘rganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Yunus rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati institutida “Sharq musiqasi” kafedrasi tashkil etilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan “Mumtoz musiqaning sharqona an’analari: Ilm-fan va ta’lim” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining o‘tkazilishi ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Anjumanda musiqashunos olimlar, mumtoz musiqa sohasining mashhur vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorant va talabalar ishtirok etdi
Anjumanda, ilmiy izlanishlar va tarixiy jarayonlar xususida so‘z yuritish, kafedraning shakllanishi va rivojlanishida faoliyat olib borgan atoqli san’at ustalari, musiqashunos va manbashunos olimlarning faoliyatini xotirlash yuzasidan so‘z yuritildi.
Shu bilan bir qatorda milliy musiqa ta’limi masalalari bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atimiz darg‘alari, milliy musiqa san’ati ta’limi borasida olib borilayotgan islohotlarni targ‘ib etish, mumtoz musiqa san’atini dunyo miqyosida tanitish, yosh avlodni sharqona musiqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi masalalar muhokama qilindi
Qolaversa, "Sharq musiqasi" kafedrasi tashkil etilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan fotoalbom, "Akademik Yunus Rajabiy merosi va zamonaviylik" hamda "Yangi nasl maqomshunoslarini tarbiyalashda yetuk ustozlarning o‘rni (Mahmudjon Tojiboyev ijodiy faoliyati misolida)" mavzularidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarning maqolalar to‘plami, Ravshan Yunusovning "Fattohxon hofiz" ilmiy monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.