O'zaro manfaatli hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi
16 Dec, 2022 - 19:25
601
Axborot va matbuot xizmati
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov va Belorus Katta teatri general direktori Yekaterina Dulova o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda tomonlar, shuningdek, kelgusida hamkorlik qilish va istiqbolli loyihalar rejasini yaratish masalalarini muhokama qildilar.
Memorandumga asosan, 2023-2024-yillarda ikki teatrlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashuv gastrollari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Belarus Katta teatri Toshkentda opera va balet repertuaridagi bir nechta spektakllarni, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri esa, Belarus Katta teatri sahnasida repertuaridagi eng sara spektakllarni namoyish etadi.
Hamkorlik ajoyib ijodiy istiqbolga ega bo‘lishiga hamda ikki teatr tarixida muhim voqea bo‘lib qolishiga shubhasiz.