Mehrli qo‘llar mehr ulashmoqda
16 Dec, 2022 - 13:33
566
Axborot va matbuot xizmati
Mehrli qo‘llar – bu bolajonlar ham hamma qatori bilim olishga, kasb o‘rganishga, musiqa va sanʼat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yana-da oshirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun Toshkent shahar 17-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining 77-sonli ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati filialidagi o‘quvchilarga Madaniyat vazirligi tomonidan Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi minitografiyasida Brayl alifbosida chop etilgan kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Mazkur kitoblar sifati bo‘yicha O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va MDH da birinchi o‘rinda turishi bilan alohida ahamiyatga ega.
Kitoblarni topshirish marosimida jajji bolajonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi, ulardagi xursandchilik kayfiyati barchada iliq taassurotlar qoldirdi.
Qolaversa, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori, estrada xonandasi Firdavs Fazliddinov tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yuqori kayfiyat ulasha oldi.
Qayd etish joizki, bolajonlarga mehr ulashish, ularga o‘quv qo‘llanmalar, adabiyotlar topshirish ishlari doimiy ravishda davom ettiriladi.