Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi bo'lib o'tdi

15 Dec, 2022 - 20:20
640
Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi bo'lib o'tdi

Axborot va matbuot xizmati

Oʻzbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Usmon Nosir - oʻzbek Lermontovi, oʻzbek adabiyotining chaqmoq shoiri.

U atigi 32 yil umr koʻrgan boʻlsada, oʻzbek sheʼriyatiga ulkan meros qoldirishga ulgurdi.
Otashin qalb shoir Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini nishonlash esa, shoir va uning o'chmas ijodiga bo'lgan hurmat va ehtiromning belgisidir. 

Jumladan, bugun Oʻzbek Milliy akademik teatrida Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi. 

Kechada taniqli adiblar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat namoyondalari, ijodkorlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirni Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid kirish so'zi bilan boshlab, davlat rahbarining “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori oʻzbek adabiy muhitida, shoir xotirasini abadiylashtirishda, u qoldirgan adabiy merosni yosh avlodga chuqur oʻrgatishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Qolaversa, shoirning “Tanlangan asarlar” toʻplami hamda “Usmon Nosir zamondoshlari xotirasida” kitobi nashr etilganini aytib oʻtdi. 

Tadbir davomida Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan “Usmon Nosir” hujjatli filmi, shuningdek, Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining taniqli aktyor va aktrisalari tomonidan “Usmon Nosir” spektakli namoyish etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash