Musiqa – qalb shifosi

15 Dec, 2022 - 12:55
566
Musiqa – qalb shifosi

Axborot va matbuot xizmati

Inson qalbi va shuurining shunday nozik pardalari borki, unga faqat va faqat san’at namunalari bilangina yetib borish mumkin. San’at orqali barcha tabiatdagi go‘zalliklar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.

Yurtimizda san’atkorlarga va san’at namunalariga bo‘lgan yuksak e’tiborni maktab, kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida ta’lim-tarbiya olayotgan, iqtidor qirralari kashf etilayotganlar misolida ko‘rish mumkin.

Jumladan, Bugun Namangan shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o‘zbek xalq cholg‘ulari kafedrasining bir qator o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari tomonidan hisobot-konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirni boshlovchilar o‘z so‘zlari, ko‘ngil torlarini chertib o‘tuvchi she’rlar bilan boshlab berishdi. Konsert dasturida ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qoshidagi xor jamoasi, xalq cholg‘ulari orkestri, OBR yo‘nalishi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.

Qolversa, maktab o‘quvchilari milliy cholg‘u asboblari bilan yaqindan tanishtish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash