“Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi o‘tkazildi

14 Dec, 2022 - 22:47
654
“Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi o‘tkazildi

Axborot va matbuot xizmati

O‘sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, kamolotga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda o‘zbek milliy raqs san‘atining o‘rni beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an‘analari ifodalanadi. 

Jumladan, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” Respublika ko‘rik tanlovining o‘tkazilishi ham buning ayni isboti.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ 112-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martidagi 237-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14-19 noyabr kunlari Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar saralash bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tanlovning Respublika bosqichi joriy yilning 13-dekabr kuni Turkiston san’at saroyida o‘tkazildi. Bugun, g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash