Barcha san’at ixlosmandlarini shou dasturiga taklif etamiz

14 Dec, 2022 - 17:35
561
Barcha san’at ixlosmandlarini shou dasturiga taklif etamiz

Axborot va matbuot xizmati

17-dekabr kuni Humo Arena muz saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestrining "Sympho Disco 80-90" katta shou dasturi bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan Joy, Ase of base, Boney M, C.C. Catch, Abba, Ottawan, Bad Boys blue, Michael Jackson, Modern Talking kabi jahon yulduzlarining afsonaviy xitlari o‘rin olgan.
Shuningderk, konsertda simfonik orkestr, yorqin xonandalar va dirijyor Alibek Abduraxmanov tomonidan ijro etiladigan eng sara xitlar 80-90-yillar atmosferasini yaratib, chinakam yangi yil kayfiyatini baxsh etadi.

Chiptalarni 10.00 dan 17.00 ga qadar Humo arena muz saroyi kassalari va onlayn tarzda iTICKET.UZ saytidan olishingiz mumkin.

Barchaga maroqli xordiq tilaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash