“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”
11 Dec, 2022 - 16:30
490
Axborot va matbuot xizmati
Kuni kecha, O‘zbekiston davlat drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bojxona laboratoriyasi va Bojxona institutining bir guruh xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xalqimizning suyukli aktyor va aktrisalari O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, Aziza Begmatova hamda teatrning umidli vakillari tomonidan badiiy chiqishlar va konsert tomoshalari namoyish etildi.
Shuningdek, teatr repertuaridan joy olgan “To‘maris”, “Yillar armoni” spektakllaridan parchalar namoyish etildi.