8 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Baxtli hayotimiz kafolati

08 Dec, 2022 - 01:44
961
8 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Baxtli hayotimiz kafolati

Axborot va matbuot xizmati


   Maʼlumki, demokratik davlatning asosi bo‘lgan Konstitutsiya mamlakat va jamiyat qurilishi, insonning huquq va majburiyatini o‘zida mujassam etgan asosiy hujjat, Bosh Qomusimizdir. Bugun, shu Baxtimiz Qomusi deya tilga oladigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligini keng nishonlayapmiz.

Lekin, yillar davomida hayotimizni zamon bilan hamnafas, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari xalqlari hayotidan kam bo‘lmagan darajaga yetkazish uchun olib borilayotgan olamshumul islohotlarni o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekistonimizning yangilangan Konstitutsiyasini yaratish vazifasi yurtboshimiz tomonidan eng muhim davlat siyosati sifatida eʼtirof etilmoqda.

 Natijada davlatimiz rahbari taʼkidlagan yangilanayotgan O‘zbekistonimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasining asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bo‘ladi.  Har bir fuqaro uchun, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan xalqimiz uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladigan Konstitutsiyamiz, darhaqiqat Xalq bilan bamaslahat, puxta o‘ylangan holda referendum asosida qabul qilinadi. Bugun barchangizni chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi kuni bilan muborakbod etishdan baxtiyorman.

Kelgusida har bir satri inson huquqlari, xalq manfaatlari, keksayu yoshlarimiz, xotin-qizlarimizni, eʼtiborga muhtoj aholi qatlamini, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining huquq va erkinliklarini ifodalaydigan,  umumxalq muhokamasidan o‘tadigan Baxtimiz Qomusi qalblarimizni ulug‘ insoniy fazilatlar nuri bilan yoritishi shubhasiz.

Barchamizga bugungi erk, ozodlik, hurligimiz ramzi bo‘lgan yangilanayotgan Konstitutsiya kuni yana bir bor muborak bo‘lsin, azizlar!

Fursatdan foydalanib siz aziz yurtdoshlarimizni, madaniyatimiz jonkuyarlarini baxtli hayotimiz ramzi bo‘lgan Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga ijodiy yutuqlar, ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy sihat- salomatlik, qudratli Vatan himoyasi, bosh qo‘shig‘imizning hayotbaxsh ohanglari yor bo‘lsin, Yangilanayotgan O‘zbekistonimiz dovrug‘i olamga taralsin!

Ozodbek Nazarbekov, 
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash