MUKOFOT - NАFАQАT RАGʼBАT, BАLKI KАTTА MАSULIYAT HАM!

29 Aug, 2021 - 18:00
773
MUKOFOT - NАFАQАT RАGʼBАT, BАLKI KАTTА MАSULIYAT HАM!

Mukofotlash to`g`risida

Maʼlumingizkim, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, davlatimiz mustaqilligining 30 yillik yubileyi munosabati bilan yuzlab hamyurtlarimiz, xususan, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari unvon, orden va koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Mamnuniyat bilan taʼkidlash lozimki, mukofot, eʼtirof va munosiblik hissi insonni nafaqat quvontiradi, balki, ijodiy quvvat bagʼishlaydi, ruhlantiradi. Yanada shijoat bilan mehnat qilishga undaydi.

Buning isbotini mukofot sohiblarini taqdirlash tantanalarida yaqqol koʼrdik. 

Bugun ham hayajonli va quvonchli yana bir taqdirlash marosimini oʼtkazdik. 

Unda bir guruh ijodkorlar, soha vakillari va vazirlik tizim tashkiloti xodimlariga "Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" koʼkrak nishonini topshirdik.

Davlatimiz rahbarining sohamiz vakillariga berayotgan eʼtiboru-eʼtirofidan qalblarimiz quvonchga toʼlgan boʼlsa, ular orasida qalbi qaynoq isteʼdodli yoshlarning koʼpligidan faxrlandik. 

Barcha ijodkorlar, soha vakillari va vazirlik tizimi xodimlariga qarata taʼkidlashni istardikki: Har biringiz ana shunday eʼtirof, eʼzoz va ragʼbatga munosibsiz. 

Shunchaki, bugun sahnada turib mehnatlari mevasini totib koʼrayotgan ustozlaringiz, tengdoshlaringiz, hamkasblaringiz singari koʼproq mehnat qilishingiz, tinimsiz izlanishingiz lozim boʼladi". 

Mukofot sohiblarini chin koʼngildan samimiy qutlar ekanmiz, soha rivoji, sanʼat va madaniyat targʼiboti yoʼlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barchaga astoydil rahmat deymiz.

Darhaqiqat, bizning yurtimizda mehnat qilgan, albatta, qadr topadi. Qadrli boʼlish zavqi esa butun umrga tatigulik baxt va ijodiy loyihalar yarata olish imkonini tuhfa etadi. Shu bilan birga katta masʼuliyat ham yuklaydi.

Qadrli ijodkorlar, soha vakillari, tizim xodimlari bugungi sahnada taqdirlanmaganingiz "mehnat qilmayapti", degani emas. Siz ham ana shunday ehtiromga loyiqsiz, albatta.

 Balki keyingi safar sizni qutlash nasib etar. Shunday ekan, sirasi kelguncha hozirgidek shijoat bilan mehnat qilishda davom eting. Unutmang! Hech bir fidoyilik eʼtibordan chetda qolmaydi.

Muhtaram Prezidentimizga ijod ahli, sanʼat va madaniyat targʼibotchilarining kamtarona mehnatini yuksak baholab, keyingi joʼshqin mehnat faoliyatiga qanot bagʼishlaganingiz uchun tashakkur deymiz.

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash