Madaniyat vazirining o‘rinbosari M.Madjidov o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi

07 Dec, 2022 - 18:10
557
Madaniyat vazirining o‘rinbosari M.Madjidov o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi

Axborot va matbuot xizmati

Kitob – sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik. Kishining kamol topishida uning o‘rni g‘oyat muhimdir. Kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.
Xususan, Madaniyat vazirligi tomonidan Kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan turli ishlar qilinmoqda. Jumladan, bugun Madaniyat vazirining o‘rinbosari M.Madjidov O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi munosabati bilan o‘zi tahsil olgan Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 30-sonli “Orom” umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni bayram bilan tabriklab, kutubxonaga mutoala qilgan kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.
Qolaversa, maktab o‘quvchilari bilan ularning sevimli badiiy asarlari borasida fikr almashdi. Zero, ommaviy tarzda davom etayotgan "Book challenge" aksiyasi joylarda maktab kutubxonalarining kitob fondini boyishiga va o‘z o‘rnida o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirishga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash