Inson qadri uchun

03 Dec, 2022 - 15:00
597
Inson qadri uchun

Axborot va matbuot xizmati

Nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyat hayotiga jalb etilishi inson huquqlarini ta’minlash, barqaror rivojlanishga erishish, tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatishning muhim vazifalaridan biridir. 

Har yili "3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni" ning o'tkazilishi ham jamiyat hayotining barcha sohalarida imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Xususan, joriy yilning  2- dekabr kuni O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Xoreografiya san'ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” grant loyihasi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligida "Inson qadri uchun" shiori ostida ilmiy-amaliy ajmuman o'tkazildi. 

Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova kirish so'zi bilan ochib, loyihada amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlarning jamiyatdagi ahamiyati haqida aytib o'tdi. 

Shundan so‘ng, bolajonlar uchun taniqli estrada xonandalarining kuy-qo'shiqlari va bayramona chiqishlari namoyish etiladi. 

Shuningdek,  tadbir so'ngida loyiha hamkorlariga tashakkurnoma, faol o'quvchilarga I darajali diplom, loyiha rivoji uchun beminnat xizmat ko'rsatgan yoshlarga sertifikat hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

Qolaversa, loyiha muallifi Shaxzoda Xudoynazarovaga Innovatsion rivojlanish vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan Tashakkurnoma topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash