Ustozlarga ehtirom azaliy qadriyat
01 Dec, 2022 - 18:12
590
Axborot va matbuot xizmati
Xalqimiz azaldan ustozlarga hurmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu muqaddas qadriyat yillardan-yillarga, avloddan avlodga oʼtib, bugun ham mamlakatimizda o‘qituvchilarga, ustoz hamda murabbiylarga yuksak ehtirom qaratilmoqda. Xususan, Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida ham ustozlarni ulug’lash va ularga ehtirom ko‘rsatish borasida sezilarli ishlar qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman madaniyat markazida “Ustozlarni yod etib” nomli xotira kechasi tashkil etildi. Unda, “Zilola” ashula va raqs xalq ansamblining 50-yillik yubileyi munosabati bilan konsert dasturlari namoyish etildi. Tadbirni Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Tojibayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Xotira kechasida marxum ustoz san’atkorlar O‘zbekiston xalq xofizi Qobiljon Yusupov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi Solijon Mamatov, O‘zbekiston xalq artisti Ma’murjon To‘xtasinov, ustoz san’atkor Rasuljon Norimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliyev kabi ustoz san’atkorlarning ijodiga to‘xtalib o‘tildi va nodir asarlari iste’dodli xonandalar tomonidan ijro etildi.
Shuningdek “Zilola” ashula va raqs xalq ansambli tomonidan milliy kuy qo‘shiqlar va musiqiy san’at asarlari ijro etildi. Konsert dasturlarida marxum san’atkorlarning oila a’zolari va yaqinlari hamda shogirdlari ishtirok etdi.